Toshkentda yuk poyezdining ikkita vagoni relsdan chiqib ketdi

21 sentabr kuni taxminan 11:35 da Yashnobod tumanidagi “Oltin tegirmon” yuk tashuv stansiyasida ikkita boʻsh vagon relsdan chiqib ketdi, deb xabar qildi poytaxt IIBB.
photo5271703873872046627.jpg
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yoʻq. Panjaralar va temir yoʻl yaqinida joylashgan uylarning devor qismiga zarar yetkazilgan.
Hozirda voqea joyida Respublika ichki ishlar vazirligi jamoat transport xavsfsizligini taʼminlash boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Toshkent shahar IIBB va hokimiyat vakillari holat sabablarini oʻrganib, tuzatish ishlarini olib bormoqda.
Voqea sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlashtirilmoqda.

 

O’zA