“Targʻibotchilarga yordamchi” loyihasi chinakamiga “yordamchi” boʻla oladimi?

Avval xabar qilganimizdek, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida “Maʼnaviyat odam va olam xaloskori” mavzusidagi tadbirda 10 nomdagi kitob taqdimoti oʻtkazilmoqda. 
 
photo5269641250187881021.jpg
Unda risolalarning mualliflari, maʼnaviyat targʻibotchilari, ijodkor-ziyolilar, yoshlar va yana tegishli tashkilot vakillari ishtirok etmoqda.
Tadbirda taʼkidlanganidek, dunyo miqyosida gʻoyaviy tahdid va axborot xurujlari kuchayib, odamlar ongi va qalbini egallash borasidagi kurash tobora murakkablashib borayotgan bir paytda maʼnaviy-mafkuraviy, jumladan, targʻibot-tashviqot ishlarini samarali olib borish, natijadorligini taʼminlash, har bir fuqaro qalbida vatanga muhabbat, xalqqa sadoqat, kelajakka ishonch, bugunidan shukronalik, tuygʻularini mustahkamlash ziyolilar oldidagi birinchi galdagi vazifadir.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Prezidentimizning 2017 yil 28 iyuldagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga koʻtarish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Targʻibotchilarga yordamchi” loyihasini amalga oshirib – turkum risolalar nashr etmoqda.
Bugun taqdimoti oʻtkazilayotgan “Maʼrifat texnologiyasi”, “Ommaviy madaniyat va maʼnaviy tarbiya”, “Niqob ortiga bir nigoh”, “Yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish”, “Jaholatga qarshi maʼrifat shiorimiz”, “Milliy gʻoya va targʻibot samaradorligi”, “Maʼnaviyat odam va olam xaloskori”, “Gʻoyalar ezgulik va yovuzlik”, “Ijtimoiy makonda axborotdan foydalanish madaniyati”, “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning dolzarb masalalari” risolalari hozirgi kun talabidan kelib chiqib, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarga muhim masalalar boʻyicha yechim boʻladigan dolzarb mavzular doirasida tayyorlangan. Har biri ilmiy asoslangan. Hayotiy misollar bilan boyitilgan. Sodda va ravon tilda yozilgan.

 

Mohigul Qosimova, OʻzA