Termizda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi hamda Oʻzbekiston mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan “Hududiy bosma nashrlarning holatini yaxshilash boʻyicha taklif va tavsiyalar” mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtmoqda. 
4.jpg
Unda Surxondaryo viloyatidagi gazetalar bosh muharrirlari, respublika nashrlarining vohadagi muxbirlari ishtirok etayotir. Ayni paytda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti dotsenti A.Karimov “Hududiy nashrlarning bugungi holati: menejment va marketing yoʻnalishlaridagi muammolar va yaxshilash boʻyicha takliflar” mavzusida maʼruza qilmoqda.
8.jpg
Erkin muloqot shaklida oʻtkazilayotgan tadbirda “Surxon tongi” viloyat gazetasi bosh muharriri oʻrinbosari S.Omonqulovning taʼkidlashicha, jurnalistika fakultetlaridan viloyat bosma nashrlarga amaliyotni oʻtash uchun kelayotgan boʻlajak mutaxassislarning 98 foizi umuman gazeta va nashriyotlar texnologiyasini bilmaydi. Dizayn boʻyicha yetarli tasavvurga ega emas. Dotsent A.Karimovning fikricha, axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanayotgan hozirgi paytda gazetalarning yashab qolishi uchun har bir nashrning oʻz saytini tashkil etish lozim.
Qiziqarli bahs-munozaralarga sabab boʻlayotgan tadbir davom etmoqda.

 

Xolmoʻmin Mamatrayimov, OʻzA