Davlat xarajatlari va moliyaviy hisobdorlik metodologiyasi mezonlari qanday amalga oshiriladi?

“Poytaxt” biznes markazida mamlakatimiz va xorijning moliyaviy tashkilotlari vakillari ishtirokida yana bir seminar-trening oʻz ishini boshladi.
 
photo5267463693178874358.jpg
Davlatimiz rahbarining 2018 yil 22 avgustdagi “Byudjet maʼlumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda Oʻzbekiston Respublikasida (PEFA/PIFA) davlat xarajatlari va moliyaviy hisobdorlik metodologiyasi mezonlari asosida davlat moliyasini boshqarishning samaradorligini baholashni oʻtkazish choralari koʻrib chiqilmoqda.
photo5267463693178874357.jpg
Nazariy va amaliy mashgʻulotlarni oʻz ichiga qamrab olgan ushbu tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat xarajatlari va moliyaviy hisobdorlik metodologiyasi mezonlari asosida baholashni oʻtkazish choralarini koʻrishda Jahon banki va Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi tajribalarini oʻrganadi va tahlil etadi.
Seminar-trening uzoq muddatli mamlakatimiz davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish strategiyasi ishlab chiqilishiga imkoniyat yaratishi mumkin.
Seminar mavzu doirasida qizgʻin bahs, fikr-mulohazalarga boy boʻlmoqda.

 

Nasiba Ziyodullayeva, OʻzA