Toshkentda “Markaziy Osiyo xalqaro transport yoʻlaklari tizimida: strategik istiqbollar va foydalanilmagan imkoniyatlar” mavzuida xalqaro konferensiya boshlandi.

Ushbu konferensiya mintaqa mamlakatlarini qiziqtirgan, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va yangi loyihalarni amalga oshirish maqsadida tashkil qilindi. 
Konferensiya doirasida xalqaro moliyaviy tuzilmalar bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo mamlakatlarining transport-tranzit salohiyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshma saʼy-harakatlarni ishlab chiqish masalalari keng muhokama qilinishi kutilmoqda.
 photo5267182488785103282.jpg
Konferensiyada 37 mamlakatdan 300 dan ortiq mehmon, shuningdek, Jahon banki, OTB, ITB, YETTB, OIIB, BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti, Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi, YEXHT, GXHJ, SHHT, IHT, MDH, Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi, TRASЕKA dasturi, Xalqaro avtomobil transporti uyushmasi, Temir yoʻllar hamkorligi tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari va yetakchi transport kompaniyalari vakillari ishtirok etmoqda.
photo5267182488785103288.jpg

 

Malohat Husanova, OʻzA