Koreya davlatlari rahbarlari ziyoratga yoʻl oldi

Avval xabar berilganidek, Janubiy Koreya Prezidenti Mun Chje In Koreya davlatlarining navbatdagi sammiti munosabati bilan KXDRda boʻldi.
RIA Novostining xabar berishicha, bugun tong otishi pallasida Mun Chje In Kim Chen In hamrohligida koreyaliklarning muqaddas Pektusan togʻini ziyorat qilgan.
Janubiy Koreya ommaviy axborot vositalarining aniqlik kiritishicha, koreyaliklarning muqaddas Pektusan togʻini ziyorat qilishni Mun Chje Inga Kim Chen In taklif etgan.
“Pektusan” atamasi “oq choʻqqili togʻ” maʼnosini anglatib, yilning deyarli toʻrt faslida ham togʻ choʻqqisidagi soʻngan vulqon kreteri qor bilan qoplanib turadi. Qadimgi afsonalarga koʻra, Koreya xalqlarining kelib chiqishi shu togʻ bilan bogʻliq. Shu boisdan har bir koreyalik Pektusanni ziyorat qilishni oʻzi uchun muqaddas burch deb biladi.
Koreya davlatlarining joriy yil aprel oyida boʻlib oʻtgan sammitida ikki davlat rahbarlari Pektusan togʻidan maxsus keltirilgan tuproqqa qaragʻay niholini qadagan edi.

 

Malohat Husanova, OʻzA