Kolumbiyada avtomobil ishtirokida baxtsiz hodisa: qurbonlar bor

Kolumbiyaning Guaduas shahrida avtomobil ishtirokida baxtsiz hodisa sodir boʻldi.
“Vesti.ru”ning aniqlik kiritishicha, avvalroq sodir boʻlgan yoʻl transport hodisasi joyida mahalliy aholi yigʻilib turgan boʻlgan. Yogurt va muzqaymoq ortgan ikki mashina agʻdarilib ketadi. Voqeaga guvoh boʻlganlar katta yoʻl boʻylab sochilib ketgan mahsulotlarni yigʻishga tushadi. Xuddi shu vaqtda boshqa bir harakatlanayotgan avtomobil tormoz tizimi ishdan chiqishi hisobiga odamlar ustiga bostirib boradi.
Maʼlum boʻlishicha, voqea joyining oʻzida toʻrt kishi halok boʻlgan, qolgan olti kishi shifoxonada hayotdan koʻz yumgan. Turli darajada jarohat olganlar oʻndan ziyod.

 

Malohat Husanova, OʻzA