Ikki diplomlilikka oʻtish yuzasidan hamkorlik natijasi qanday boʻladi?

Joriy yilning 21 sentyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Rossiya Federatsiyasining Moskva davlat lingvistika universiteti mutaxassislari bilan rasmiy uchrashuv boʻlib oʻtadi. 
Unda asosiy eʼtibor ikki oliy taʼlim dargohi hamkorligida mamlakatimizda rus tilini oʻrganishni yanada rivojlantirish, sohaga malakali mutaxassislarni tayyorlashga bagʻishlangan ikki tomonlama shartnomalar imzolanadi.
Shuningdek, tadbir doirasida mutaxassislar tomonidan sohaga doir bir qator masalalar muhokama etiladi.

 

A.Musayev, OʻzA