Ingliz futbolida antirekord

Xabaringiz bor Yevropa chempionlar ligasi musobaqasining birinchi tur uchrashuvlariga start berildi.
Ushbu turning eng eʼtibor markazida boʻlgan “Manchester Siti” jamoasi oʻz maydonida Fransiyaning “Lion” klubiga qarshi oʻyin oʻtkazdi. Afsuski, “shaharliklar” ushbu oʻyinda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻydi.
Tajribali Pep Gvardiola jamoasi uchun mazkur magʻlubiyat avvalgi mavsum bilan hisoblaganda ketma-ket toʻrtinchisi boʻldi. Oʻtgan yilgi mavsumda Pep shogirdlari “Bazel”ga 1:2 hisobida yutqazgan boʻlsa, pley-off bosqichida “Liverpul”ga ikki oʻyinda (0:3 va 1:2) imkoniyatni boy bergan.
“Manchester Siti” Yevropa chempionlar ligasida qatorasiga toʻrtta oʻyinda magʻlubiyatga uchragan birinchi ingliz klubiga aylandi.

 

Javohir Toshxoʻjayev, OʻzA