Bu haqda Oliy Majlis Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi ishchi guruhining 2018 yil 6 sentyabrdagi Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi qonuni muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishida maʼlum qilindi.
Qonunda xususiy bandlik agentliklarining vazifalari, ularning xodimlari va rahbarlariga qoʻyilayotgan talablarga alohida eʼtibor qaratilgan. Bundan tashqari, ushbu hujjatda xususiy bandlik agentliklari tomonidan shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar turlarining roʻyxati keltirilmoqda.
Tadbirda qonunda belgilangan vazifalar yuzasidan ishchi guruh aʼzolari oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi. Mavzu doirasida sohadagi kamchilik va muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish maqsadida mutaxassislarning takliflari tinglandi.
Abdulaziz Musayev, OʻzA