Yoshlar uchun ajoyib imkoniyat

Intellektual salohiyatini yuksaltirish, kasb oʻrganish istagida boʻlgan yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida joriy yil 20-22 sentabr kunlari “Taʼlim va mutaxassislik” 19-xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Savdo-sanoat palatasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda qator mutasaddi tashkilotlar hamkorligida poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida tashkil etiladigan mazkur koʻrgazmada yoshlarni taʼlim sohasi va kasb-hunarga yoʻnaltirish boʻyicha mamlakatimiz oliy oʻquv yurtlari bilan birga xorijdagi taʼlim muassasalarining Oʻzbekistondagi filiallari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Koʻrgazma doirasida bandlikka koʻmaklashuvchi markazlar, davlat va nodavlat tashkilotlari, yirik kompaniyalarning boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi ham tashkil etiladi.

 

Mohigul Qosimova, OʻzA