(Rasmiy tashrif jurnalistlarning onlayn kuzatuvida)
Milliy matbuot markazida jurnalistlar uchun tashkil etilgan brifingda “Xalq soʻzi“ gazetasi muxbiri Omonulla Fayziyevning mazkur savoliga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti boʻlim boshligʻi Bahrom Sotiboldiyev javob berdi.
Markaziy Osiyo davlatlari orasidan Oʻzbekiston eng aholisi koʻp boʻlgan mamlakatdir. Hozirda yurtimizda katta islohotlar amalga oshirilayotgan boʻlib, yurtimiz bozori ochilmoqda. Eng asosiy manfaat milliy bozorimizdan foyda olish hisoblanadi.
Belarus Respublikasi ham ishlab chiqarayotgan mahsulotlarini sotish uchun yangi bozor qidirmoqda. Mazkur mamlakatning oʻtgan 2017-yildagi yalpi milliy mahsulot ishlab chiqarishi 51 milliard AQSH dollari miqdorni tashkil etadi. Undan 26 milliard dollarlik mahsulotni Belarus davlati chetdan sotib oladi. 24 milliard dollarlik mahsulotni chetga eksport qiladi. Mana shu savdo balansidagi farq bor yoʻgʻi 2 milliard dollarni tashkil qilmoqda. Ularning Oʻzbekiston bozoridan oʻrin olishga intilayotganligining boisi, bizda milliy iqtisodiyotimiz yangi bosqichga koʻtarilishi yoʻlida ulkan islohotlar davri boshlandi. Misol uchun, togʻ-kon sohasida Belarus mahsulotlarini juda koʻp miqdorda sotib olyapmiz. Joriy yilning soʻnggiga qadar 260 ta ogʻir yuk mashinalari xarid qilinishi rejalashtirilgan.
Eslatma: rasmiy tashrif tafsilotlarini OʻzA veb-saytida kuzatishda davom eting!
OʻzA