2019-yilda shoshilinch tibbiy yordam uchun 200 ga yaqin maxsus transportlar xarid qilinadi

2017-yil davomida sakkiz yarim milliondan koʻproq fuqaroga tez tibbiy yordam tizimi orqali xizmat koʻrsatildi. Uch millionga yaqin bemor statsionar va ambulator sharoitda davolandi. Shu davrda shoshilinch tibbiy yordam tizimida 50 mingdan ziyod bemorga yuqori texnologiyali operatsiyalar muvaffaqiyatli oʻtkazildi.
 
photo5246761091818695333.jpg
Ushbu koʻrsatkich poytaxtimizda boʻlib oʻtayotgan “Oʻzbekistonda shoshilinch tibbiy yordam tizimi: muammolar, yutuqlar va istiqbollar” mavzucida shoshilinch tibbiy yordam tizimi shifokorlarining IV syezdida alohida eʼtirof etildi. Mazkur tadbirda Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam tizimi shifokorlari assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizning olim va shifokorlari qatori Rossiya, AQSH, Turkiya, Janubiy Koreya, Germaniya, Isroil kabi dunyoning 15 davlatidan qariyb yetmish nafar malakali mutaxassislar ham ishtirok etmoqda.
photo5246761091818695336.jpg
Tadbirda qayd etilganidek, davlatimiz rahbarining 2018-yil 25-yanvardagi “Shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ushbu yoʻnalishda aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatning tezkorligi, sifat va samaradorligini yanada oshirish, kadrlar salohiyatini yuksaltirish, ilm-fan yangiliklarini amaliyotga tatbiq etishda muhim dasturilamalboʻlmoqda. Quvonarli jihati, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida oʻtgan yili ellik mingdan ortiq yuqori texnologiyali operatsiyalar oʻtkazilgan. Jumladan, buyrak va jigar transplantatsiyasi amaliyoti yoʻlga qoʻyilgani tibbiyotimizning muhim yutugʻi boʻldi.
Tez tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnika bazasi ham takomillashib bormoqda. Oʻtgan yilda tez tibbiy yordam xizmati uchun 1269 ta ixtisoslashtirilgan avtotransport xarid qilindi va hududlarning ushbu texnikaga boʻlgan ehtiyoji toʻliq qoplandi, dori-darmon va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash 3 barobarga koʻpaydi. Yaʼni, bugungi kunda har bir chaqiriq uchun minimal xarajatlar 5 ming soʻm miqdorida belgilandi. Yana bir eʼtiborli jihati, joylardagi tez tibbiy yordam brigadalari va shoshilinch tibbiy yordam muassasalarining avtoparkini takomillashtirish maqsadida 2019-yili yana 200 ga yaqin maxsus transport xarid qilish koʻzda tutilgan.
Shoshilinch tibbiy yordam tizimi shifokorlarining ikki kunlik syezdida tibbiyotimizning muhim yutuqlari va ilgʻor tajribalar ommalashtirilishi barobarida, dunyo tibbiyotida erishilayotgan muhim ilmiy-amaliy kashfiyotlar, yangi texnologiyalar hamda ulardan inson salomatligi yoʻlida samarali foydalanishga oid maʼruzalar tinglanadi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Axborot xizmati.

 

O’zA