Yaponiyadagi bir oylik oʻqish kimga nasib etdi?

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati bergan maʼlumotlarga koʻra, Buxoro davlat universiteti hamda Yaponiyadagi Fukuoka prefekturasi taʼlim masalalari boʻyicha tadqiqot markazi oʻrtasida hamkorlik shartnomasi tuzilgan.
Unga koʻra, Yaponiyadagi mazkur markazda oʻqish uchun talabalar aniqlanadi.
Shu maqsadda Buxoro shahrida faoliyat yuritayotgan Oʻzbekiston – Yaponiya markazida Buxoro davlat universitetining yapon tilini biladigan talabalar oʻrtasida tanlov oʻtkazildi. Tanlov yakunlariga koʻra, filologiya fakulteti ingliz tili filologiyasi taʼlimi yoʻnalishi 3-kurs talabasi Sidiqa Abdurahmonova gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Endi S.Abdurahmonova Buxoro davlat universiteti talabasi sifatida Yaponiyaning Fukuoka taʼlim masalalari boʻyicha tadqiqot markazida bir oy davomida bilimlarini oshirib qaytadi.

 

Barno Meliqulova, OʻzA