ONLAYN. Talabalar almashuvi yoʻlga qoʻyiladi

(Rasmiy tashrif jurnalistlarning onlayn kuzatuvida)
Milliy matbuot markazida jurnalistlar uchun tashkil etilgan brifingda OAV xodimlari Koʻksaroy qarorgohida boʻlayotgan Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning rasmiy kutib olish marosimini kuzatib bordi.
Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti boʻlim boshligʻi Bahrom Sotiboldiyev rasmiy tashrif ahamiyati xususida maʼlumot berdi.
Unda asosiy eʼtibor mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalariga qaratildi. Jumladan, mamlakatimizda energetika, mashinasozlik, farmatsevtika, turizm, togʻ-kon sanoati, oziq-ovqat va yengil sanoati kabi sohalar yanada rivojlantiriladi.
Jumladan, Oʻzbekiston bilan Belarus oʻrtasida oliy oʻquv yurti talabalar almashuvini yoʻlga qoʻyish, ushbu davlatning mamlakatimizda yetakchi oliy oʻquv yurtlarining filiallarini ochish toʻgʻrisida atroflicha axborot berildi.
Jurnalistlar tomonidan Oʻzbekiston bilan Belarus oʻrtasida hamkorlikni yanada mustahkamlashning kelgusidagi istiqbollari xususida bergan savollariga javob oldi.

 

OʻzA