Yaponiyaliklar Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida mahorat darsini oʻtmoqda

Xalqaro maqom anjumanida ishtirok etgan Yaponiya delegatsiyasi Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida mahorat darsini oʻtmoqda
Prezidentning 2017-yil 17-noyabrdagi “Oʻzbek milliy maqom sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2018-yil 6-apreldagi “Xalqaro maqom sanʼati anjumanini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan Shahrisabz shahrida joriy yilning 6-10-sentabr kunlari “Xalqaro maqom sanʼati anjumani” boʻlib oʻtgan edi.
Unda 29 davlat vakillari maqomning turli yoʻnalishlarida oʻzaro bahslashdi. Anjuman tugagan boʻlsa-da, uning shukuhi, koʻtarinki kayfiyati hamon davom etmoqda.
Ayni vaqtda mazkur tadbirda ishtirok etgan Yaponiya delegatsiyasi vakillari Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining “Xalq cholgʻulari” kafedrasi professor-oʻqituvchilari bilan hamkorlikda pedagoglar, sozandalar va talabalar uchun mahorat saboqlarini oʻtayotir. Saboqlar milliy, xorijiy musiqa sanʼati, rivoji, bir-biriga uygʻun sanʼat turlari, sozlar xususida bormoqda. Amaliy ruhda tashkil etilgan mahorat saboqlari jarayonida musiqiy sozlardan kuylar ijro etilayotir.

 

Barno Meliqulova, OʻzA