ONLAYN. Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar jurnalistlar eʼtiborida

Avval xabar qilinganidek, kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
 
photo5246709122714413349.jpg
Milliy matbuot markazida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun kun davomida oʻtkaziladigan brifinglarda ushbu tashrif haqidagi tafsilotlar bilan keng jamoatchilik vaqtida xabardor etib boriladi. Shuningdek, kun tartibida mazkur tashrifga oid maʼlumotlar, informatsion roliklar, ikki davlat rahbarlari oʻrtasidagi rasmiy uchrashuvdan jonli efirlar taqdim etiladi.
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy uza.uz saytida Milliy matbuot markazida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun oʻtkazilayotgan brifinglar bilan bogʻliq tafsilotlar onlayn yoritiladi.

 

OʻzA