Istanbulda 5 tonnalik oʻzbek palovi tayyorlanadi...mi?

Turkiyada “Oʻzbek milliy qadriyatlari kuni” oʻtkaziladi
Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va “Chustiyʼs Group” oʻzbek pazandachilik uyi hamkorligida shu yilning 16 sentyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahri Uskudor maydonida “Oʻzbek milliy qadriyatlari kuni” tadbiri doirasida 5 tonnalik oʻzbek palovi tayyorlanishi rejalashtirilgan.
Mazkur tadbir Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy veb-sayti (uza.uz)da keng yoritilishi rejalashtirilgan. Tadbir bilan bogʻliq tafsilotlarni saytimizda kuzatib boring!

 

OʻzA