Kichkintoylar uchun keng imkoniyat

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumanidagi 49 ta maktabgacha taʼlim muassasasida 15 ming 400 dan ziyod kichkintoy zamonaviy sharoitlarda tarbiyalanmoqda.

Joriy yilda Investitsiya dasturi boʻyicha tumandagi 4 ta maktabgacha taʼlim muassasasida rekonstruksiya va taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Ayni paytda nodavlatmaktabgacha taʼlim muassasalari tashkil qilishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, shu yiliyun oyidan “Tosh yop” ovul fuqarolar yigʻini hududida 50 oʻringa moʻljallangan “YULDUZCHA-MANGIT”yangi nodavlat bogʻcha oʻz faoliyatini boshladi. Tez orada tumanda nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari sonini 10 taga yetkazish belgilangan.

– Muassasamizda 180 nafar bolajon tarbiyalanadi, – deydi 40-maktabgacha taʼlim muassasasi mudirasi Sharifa Seytova. – Kichkintoylarga malakali tarbiyachilar mashgʻulot olib bormoqda. Tasviriy sanʼat, ingliz tili,shaxmat-shashka, badiiy gimnastika, raqs kabi toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

 

Maqsad Habibullayev (surat) OʻzA