ONLAYN: Turon24 axborot agentligining ochilish marosimi boʻlib oʻtmoqda

Bugun – 8 sentyabr kuni poytaxtimizda joylashgan “Oʻzekspomarkaz”da Turon24 axborot agentligining ochilish marosimi boʻlib oʻtmoqda. Turon24 — Oʻzbekistonning eng yirik multimedia axborot agentligi boʻlib, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligida 2018 yil 1 avgustda roʻyxatga olingan. Agentlikning ikki yuzdan ziyod xodimi boʻlib, Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlarida, Afgʻoniston va Rossiyada faoliyat yuritadi. Oʻzbekiston va jahonning eng muhim xabarlarini oʻz vaqtida mustaqil, xolislik, aniqlik va tezkorlik tamoyillari asosida sifatli yoritib boradi. Agentlik xabarlari oʻzbek, rus va ingliz tillarida uzatiladi.
 
photo5233230347108461021.jpg
Jamshid Niyozov, Turon24 axborot agentligi hududiy boʻlim rahbari:
– Agentligimiz faoliyati asosan internet orqali boʻlib, Oʻzbekistonning har bir viloyatida va Qoraqalpogʻiston Respublikasida ikkitadan vakillarimiz bor. Hududlardagi muammolardan xabardormiz, koʻp hollarda oʻsha muammolar saytlarga yoki boshqa nashrlarga olib chiqilgan hollarda ham yechim topmay qolib ketavergan. Muammolarga biz ommaviy axborot vositasi orqali davlat organlari bilan bahamjihat yechim topishga va jamiyatdagi nuqsonlarga oyna tutib, ularni hal etilishi yoʻlida bel bogʻlaganmiz.
photo5233230347108461029.jpg
NegaTuron24 deb nomlanganiga toʻxtaladigan boʻlsak, maʼlumki Turon Sohibqiron Amir Temur davlatining nomidir. Bizning maqsadimiz – axborot makonidagi Markaziy Osiyo va boshqa mintaqalarda oʻz muxbirlarimizga egamiz, shular qatori kelajakda Yevropada ham muxbirlik punktlarimizni ham yoʻlga qoʻyib, Buyuk Turon axborot makonida oʻz oʻrnimizni egallashni rejalashtirganmiz.
photo5233230347108461042.jpg

 

OʻzA