ONLAYN. 2019 yilning yanvar oyidan boshlab oʻqituvchilarning oyligi 2,5 milliongacha boʻladi

Ayni paytda “Maktab taʻlimi: ilohotlarning yangi bosqichdagi muhim oʻzgarishlar va muammolar tahlili” mavzusidagi sessiya davom etmoqda.
Xabar berganimizdek, Xalqaro press-klubda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʻlimi vaziri Sherzod Shermatov, shuningdek, vazirlikning masʻul rahbar va xodimlari, umumtaʻlim maktablari vakillari, tadbirkorlar, ekspertlar ishtirokidagi sessiya tashkil etildi.
Anjumanda jurnalistlar mutasaddilarga Davlat byudjetidan Xalq taʻlim vazirligiga 7-10 trillion soʻmga yaqin mablagʻ ajratilsa-da, oʻqituvchilarning oylik maoshlari nega kamligi haqida savol bilan murojjat etishdi.
Vazirlik masʻullari Moliya vazirligi bilan ushbu masalani koʻrib chiqqanini, ayni paytda oʻqituvchilarning oyligi oshirilishiga erishilganini taʻkidlashdi. Unga koʻra, 2019 yilning yanvar oyidan boshlab, oliy toifali yuqori sinf oʻqituvchilarning oyligi 1 mln. 729 mingdan 2 mln. 501 ming soʻmgacha belgilandi.

 

OʻzA