Hindiston xalqiga hamdardlik

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindistonning Kerala shtatida ro‘y bergan suv toshqini va ko‘chkilar oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Hindiston xalqiga hamdardlik bildirib, Prezident Ram Natx Kovind va Bosh vazir Narendra Modiga maktub yo‘lladi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

 

O’zA