Milliy matbuot markazida o‘tkazilayotgan jurnalistlar uchun tashkil etilgan brifing davomida bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti rahbari Baxtiyor Mustafoyev ma’lumot berdi.
Birinchisi, bugungi tashrif so‘nggi ikki yil davomida mintaqada olib borilayotgan yangi mintaqaviy siyosatimizning mantiqiy davomi hisoblanadi. Mazkur uchrashuvda bir qancha shartnomalar imzolanishi ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega tashrifi davomida 27 ta hujjat imzolangan bo‘lsa, bugungi Tojikiston Respublikasi Emomali Rahmonning Toshkentga tashrifida ham 20 dan ortiq hujjat imzolanishi ko‘zda tutilgan. Bulardan eng asosiysi Strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma hisoblanadi.
Ikkinchisi, mintaqadagi xavfsizlik, chegara, diniy ekstrimizm, terrorizm, narkobiznesga qarshi kurashish masalalari . Bu borada ikki davlat umumiy pozitsiyaga ega.
Navbatdagi masala chegara masalasi va suv manbalaridan umumiy foydalanishdir. Bugungi kunda Tojikiston dunyo miqyosida gidroenergetik salohiyat jihatdan sakkizinchi o‘rinda turadi.
Eslatib o‘tamiz, rasmiy tashrif tafsilotlarini jurnalistlar jonli efirda kuzatib bormoqda.
O‘zA