O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.
Ushbu tashrif haqida keng jamoatchilikni vaqtida xabardor etib borish maqsadida Milliy matbuot markazida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun kun davomida brifinglar o‘tkaziladi.
Kun tartibida mazkur tashrifga oid ma’lumotlar, informatsion roliklar, ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi rasmiy uchrashuvdan jonli efirlar taqdim etiladi.
Saytimizni kuzatib boring, Tojikiston Prezidentining davlat tashrifiga doir rasmiy uchrashuvlar onlayn yoritilishi rejalashtirilgan.
O‘zA