Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tayotgan XVIII Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston terma jamoasi “V” guruhining ikkinchi turida Qatar terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Hujumkor taktikada o‘ynagan terma jamoamiz qatarlik raqiblarini 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu uchrashuvda vakillarimizdan Zabihillo O‘rinboyev, Ikrom Aliboyev, Dostonbek Hamdamov, Javohir Sidiqov, Jaloliddin Masharipov, Bobur Abduxoliqov raqib darvozasiga gol kiritdi.

Endi futbolchilarimiz guruhning so‘nggi uchrashuvini 19 avgust kuni Tailand terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA