O‘zbekistonga keluvchi hindistonlik sayyohlar oqimi ko‘payadi

Toshkentda 16 avgust kuni Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Hindiston hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Hindiston Sanoat konfederatsiyasi tarkibiga kiruvchi 100 dan ortiq yirik kompaniyalar va biznes tuzilmalar vakillari ishtirok etdi.

Janob Sirias, Hindiston Respublikasi turizm vaziri:

– So‘nggi yillarda davlatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda.Bugungi kunda O‘zbekiston Hindistonga transport va turizm xizmatlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, konchilik xomashyosi eksportini yo‘lga qo‘ygan, Hindiston yurtingizga kimyo sanoati, farmatsevtika, tekstil mahsulotlari, tibbiyot, ilmiy-texnik uskunalari yetkazib bermoqda.

Ma’lumki, turizm bugungi jahon iqtisodiyotida muhim tarmoq hisoblanadi. O‘zbekistondan har yili ko‘plab sayyohlar dam olish bilan birga tibbiyot, ta’lim turizmi yuzasidan mamlakatimizga tashrif buyuradi. O‘z navbatida, Hindistondan O‘zbekistonga keluvchi sayyohlar ham yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Biz yurtingizga turizm sohasidagi o‘zaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab olish maqsadida tashrif buyurdik. O‘ylaymanki, kelgusida O‘zbekistonga keluvchi hindistonlik sayyohlar oqimi yanada ko‘payadi.

 

Zuhra Mirzaboyeva,O‘zA