O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tuman va shahar sektorlari rahbarlarining turizmni rivojlantirishga doir o‘quv-amaliy seminar yakunlari bo‘yicha taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.

O‘quv-amaliy seminari davlatimiz rahbarining 2024 yil 18-20-noyabr kunlari Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi majlislarida so‘zlagan nutqlari, shuningdek, 2025 yil – “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan rahbarlar oldida turgan vazifalarni chuqur o‘rganishga yo‘naltirilgan.

O‘quv-amaliy seminar davomida tuman va shahar sektorlari rahbarlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi turistik loyihalar bilan yaqindan tanishdi. Rahbarlar o‘z taqdimotlarida hududlarda turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan va rejalashtirilgan asosiy loyihalarni taqdim etdi.

Ular turistik infratuzilma, mehmonxonalar, dam olish zonalari, ekskursiya yo‘nalishlari va madaniy meros ob’ektlarini rivojlantirishga qaratilgan takliflar bilan chiqdi. Taqdimotlarda ekoturizm, sog‘lomlashtiruvchi turizm, yurtimizning noyob tabiiy va madaniy boyliklarini turistik brend sifatida rivojlantirish bo‘yicha strategiyalar taqdim etildi.

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA