AQSH Davlat departamentining bildirishicha, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Anqarada uchrashib, “AQSH va Turkiya o‘rtasidagi mustahkam mintaqaviy hamkorlik” va “Suriyadagi siyosiy o‘tish jarayonini qo‘llab-quvvatlash”ni muhokama qilgan.

Uchrashuvdan so‘ng e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, Bosh kotib Blinken AQSH va Turkiya o‘rtasidagi kuchli mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, Suriyada suriyaliklar boshchiligidagi inklyuziv hukumatga siyosiy o‘tishni qo‘llab-quvvatlashdagi umumiy manfaatlarni muhokama qilgan.

Shuningdek, siyosatchilar Suriyadagi ziddiyatning barcha tomonlari inson huquqlari, xalqaro gumanitar qonunlarni hurmat qilishi, tinch aholi himoyasini ta’minlash zarurligini ta’kidlashgan.

Davlat kotibi Blinken Suriyadagi ichki ko‘chirilganlarga insonparvarlik yordami yetkazilishi va terror tashkiloti “Daish” bilan kurashda koalitsiya missiyasini davom ettirishning ahamiyatiga e’tibor qaratgan.

Bundan tashqari, u G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni zudlik bilan tuzish zarurligi haqida ham o‘z fikrini bildirib o‘tgan.

G.Sattorova, O‘zA