O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 15 dekabr kuni Toshkentda havo bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 10-12 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va ertalab 1-3 daraja iliq, kunduzi 1-3 daraja sovuq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, kechasi ayrim joylarda biroz qor yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi ba’zi joylarda qor  yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘ladi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning teziligi sekundiga 13-18 metrgacha, ayrim tumanlarda sekundiga 20-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘ladi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3 darajagacha sovuq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘ladi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha, ba’zi tumanlarda 20-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 2 darajagacha sovuq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 2 daraja sovuq bo‘lishi kutiladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 8 daraja sovuq bo‘ladi.

Muhim hodisalar  

Joriy yilning 15-17 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

15 dan 16 dekabrga o‘tar kechasi respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatiladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha, ayrim joylarda 20-25 metrgacha kuchayishi mumkin.

15 dekabrdan havo harorati pasayib, 16-17 dekabr kunlari kechalari 8-13 daraja sovuq, ba’zi joylarda 15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi.

O‘zA