Uch yirik kompaniya BMT me’yorlarini buzganlikda ayblanmoqda
Janubiy Koreyaning uch yirik kompaniyasi BMT me’yorlarini buzganlikda ayblanmoqda.

RIA Novosti saytining 10 avgust kungi bergan xabariga ko‘ra, Janubiy Koreyaning bojxona xizmati mamlakatning uch yirik kompaniyasi 2017 yilda Rossiya portlari orqali Xitoy Xalq Respublikasidan ko‘mir va po‘lat olib o‘tganligi bilan BMTning xavfsizlik kengashi sanksiyalarini buzganlikda ayblanishi mumkinligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Renxap agentligi.

Bojxona xizmati bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2017 yil aprel-oktyabr oylarida kompaniyalar XXRdan jami 6,6 milliard von (5,8 million dollar atrofida) miqdordagi ko‘mir va cho‘yanni olib chiqqan. Firmalar Rossiya portlarida ko‘mir va cho‘yanni kemalarga qayta yuklab, Rossiyaning nomidan qayta soxta hujjat rasmiylashtirgan. Bojxona xizmati hozircha jinoiy ishga oid boshqa ma’lumotlarni maxfiy saqlamoqda.

 

Zuhra Mirzaboyeva, O‘zA