Moskvada o‘zbek milliy hunarmandchilik ko‘rgazmasi namoyish etildi

Moskvashahrida davom etayotgan “ArMi — 2018” Xalqaro armiya o‘yinlarida ishtirok etuvchi barcha mamlakat vakillari tomonidan o‘zlarining milliy an’ana va qadriyatlarini targ‘ib etuvchi ko‘rgazma tashkil etildi. O‘zbekiston harbiylari milliy hunarmandchilik mahsulotlari bilan ushbu ko‘rgazmada ishtirok etdi.

O‘zbekiston Mudofaasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur ko‘rgazmada o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda ishtirok etib, tashrif buyuruvchilar e’tiboriga o‘zbek milliy hunarmandchiligi mahsulotlari namunalarini taqdim qildi.

Ko‘rgazmaga asosan yog‘ochdan yasalgan hunarmandchilik mahsulotlari, ganch o‘ymakorligi, naqqoshlik san’ati, qo‘lda to‘qilgan gilamlar, musiqa asboblari, milliy bezakli chopon va do‘ppilar, mayda haykaltaroshlik buyumlari, turli o‘yinchoqlar qo‘yilgan.

Bunday ko‘rgazmalar turli millat yoshlarining o‘zbek milliy hunarmandchiligiga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.

Ko‘rgazma ishtirokchilari o‘zbek milliy hunarmandchiligi mahsulotlarini yuqori baholadi va, albatta, kelajakda O‘zbekistonga tashrif buyurish ishtiyoqida ekanligini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, “ArMi — 2018” Xalqaro armiya o‘yinlari 28 yo‘nalish bo‘yicha 30 dan ortiq davlat o‘rtasida o‘tkazilmoqda. O‘zbekistonlik harbiylar 12 ta yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etyapti.

3A8A2601.JPG

ВЫСТАВКА (4).jpg
ВЫСТАВКА (5).jpg
ВЫСТАВКА (7).jpg
ВЫСТАВКА (9).jpg
ВЫСТАВКА (11).jpg
ВЫСТАВКА (14).jpg

 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA