RASMIY TAYINLOV

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev boshqa ishga o‘tkazildi.
Endi sobiq vazir Prezident Farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi raqamli iqtisodiyot va blokcheynni rivojlantirish bo‘yicha yangi blokka rahbarlik qiladi.
Raqamli iqtisodiyot O‘zbekiston taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Uni amalga oshirish sohasida vakolatli organ sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi raqamli iqtisodiyot va blokcheynni rivojlantirish bo‘yicha yangi blok tashkil qilindi.
Boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan, u Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimidan ozod etildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xizmati ma’lum qildi.

 

O‘zA