Endi qonun hujjatlari to‘plamiga obuna bo‘linmaydi

Adliya vazirligining davlat organlari va tashkilotlarining “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”ga obuna bo‘lishni tugatish taklifi Prezident tomonidan ma’qullandi.
Prezidentning 2018-yil 8-avgustdagi “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan Adliya vazirligining 2019-yil 1-yanvardan e’tiboran quyidagilarni tugatish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi:
• davlat organlari va tashkilotlarining “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining axborotnomasi”, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari to‘plami” va “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari to‘plami”ga obuna bo‘lish;
• “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining axborotnomasi”, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari to‘plami”, “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari to‘plami”ni ularni O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga (www.lex.uz) o‘tkazgan holda nashr etish, bundan arxivlarda, axborot-resurs markazlarida saqlash uchun, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar talablariga ko‘ra tayyorlanadigan nusxalar mustasno.

 

O‘zA