2019-yilning 1-yanvariga qadar oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyolarning ayrim turlari bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi mamlakatimiz Prezidentining 2018-yilning 16-yanvaridagi “Mamlakatimizning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’manlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni talablariga ko‘ra, 2019-yilning 1-yanvariga qadar oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyolarning quyidagi turlari bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod etilganini eslatib o‘tadi.
Xususan, ular quyidagilar:
tirik yirik qoramol;
tirik qo‘y va echkilar;
yirik qoramol go‘shti, barra yoki sovutilgan;
barra, sovutilgan (muzlatilganidan tashqari) qo‘y yoki echki go‘shti;
yangi va sovitilgan kartoshka;
soya loviyasi, maydalangan yoki maydalanmagan;
kungaboqar urug‘i, maydalangan yoki maydalanmagan;
kunjut urug‘i;
shakarqamish yoki lavlagi shakari va kimyoviy toza saxaroza, qattiq holatda.
Qo‘shimcha huquqiy ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi orqali olishingiz mumkin.
O‘zA