Chernogoriyaning Budva shahrida yoshlar o‘rtasida o‘tayotgan jahon chempionatining ikkinchi kungi bahslarida 5 nafar vakilimiz ringga ko‘tarilgan holda g‘alaba qozondi.

Jumladan, vazni -48 kg. bo‘lgan Sayfiddin Sobirov albaniyalik Lidjon Sulajning ikkinchi raundda jangdan bosh tortgani sababli g‘alabani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Jafarbek Shahbozov chempionatdagi ilk jangini polineziyalik Manatou Guillemetga qarshi olib bordi. 75 kilogrammgacha vazn toifasida o‘tgan ushbu jangda Jafarbek raqibini ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi.  Shuningdek, Sobirjon Tastanov -54 kg. vaznda polshalik Oskar Grodziskiga qarshi bahs olib bordi va yirik 5:0 hisobida zafar quchdi.

Musobaqaning qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarida  Muslima Turg‘unova -52 kg. vazn toifasida xitoylik Yangfen Chenga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Oyisha Toirova esa -70 kg. vaznda rossiyalik Aleksandra Florovani 4:1 hisobida yengdi.

Bugun, 25 oktyabr kuni quyidagi bokschilarimiz ringga chiqadi:

-51 kg: Abdulaziz Abdunazarov –  Boven Song (Xitoy) B ring.

-57 kg: Akbar Ahmadov – Elnur Abdulayevi (Gruziya) A ring.

-80 kg: Javohir Mehriddinov – Madiyar Beksultanov (Qozog‘iston) A ring.

-63,5 kg: Abdulaziz Jo‘raqulov – Ognen Antik (Serbiya) B ring.

+92 kg: Shahzod Polvonov – Kristof Zakrevski (Polsha) B ring.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA