2018 yil 1 avgustdan bir qator tashkilotlar o‘z faoliyatini to‘xtadi
Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qilmoqda.
Ular quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi;
Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi;
Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi;
“O‘zsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi;
“O‘zdavurug‘nazoratmarkaz” qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘ini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi;
“O‘zstandart” agentligining “O‘zbekiston paxta mahsulotlarini sertifikatlash «Sifat” markazi» davlat korxonasi.
O‘zA