Suyultirilgan gaz narxi oshdi

2018-yil 1-avgustdan bir qator qonun hujjatlaridagi ayrim normalar kuchga kirdi
Jumladan, 2018-yil 1-avgustdan respublika hududlari kesimida aholiga suyultirilgan gazni sotishning yagona chakana narxi 800 so‘m bo‘ldi.
Bu kungacha suyultirilgan gaz narxi hududlar kesimida 500 so‘mdan 720 so‘mgacha belgilangan edi.
Shuni ham qo‘shicha qilish kerakki, 2018-yil 1-avgustdan maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatish uchun hududlarni tadbirkorlarga biriktirib berish faqat tanlov asosida bo‘ladi.
@huquqiy_axborot kanalida qayd etilishicha. bu jarayon nol stavkadan boshlanuvchi elektron auksion yo‘li bilan “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali amalga oshiriladi.

 

O‘zA