Mamlakatimizda Olimpiya o‘yinlari turkumiga kiruvchi sport turlarini yanada ommalashtirish va ushbu turlar bilan shug‘ullanuvchi yoshlarni saralash hamda ularni kelgusidagi nufuzli musobaqalarga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar samarasini Osiyo va Olimpiya o‘yinlarida erishilayotgan yuksak g‘alabalarimiz misolida ko‘rmoqdamiz.
Ana shunday yuksak natijalar qayd etadigan sportchilarni saralashda avvalo, hududiy miqyosda o‘tkaziladigan musobaqalarning ahamiyati katta.
O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi tomonidan Toshkent viloyatida iqtidorli yoshlarni saralash maqsadida viloyat chempionati o‘tkazildi.
Bekobod shahrida joylashgan “Yoshlik“ sport majmuasida o‘tgan musobaqada Samandar Tovasharov, Samandar Anorboyev, Ozodbek Mamadaliyev, Timur Nagimov, Maftun Abduhakimova, Shabbona Abduvaliyeva, Jasmina Turlibekova, Dilso‘z Imonova oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA