O‘zbekiston – Afg‘oniston: oliy ta’limda hamkorlik kengayadi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining ilm-fan masalalari bo‘yicha bosh maslahatchisi La’l Pacha Azmun bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bu haqda vazirlikning matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumot berishlaricha, uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida ilm-fan sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish, oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida ikkitomonlama tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama qilindi.
Bu hamkorlik yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, iste’dodli, bilimli yigit-qizlarning ilmiy salohiyatini yanada yuksaltirishda muhim omil bo‘ladi.

 

O‘zA