Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, shahar va tuman bo‘limlariga kelib tushayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarni ijobiy hal qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida jami 6 ming 172 ta murojaat hal qilingan bo‘lib, shundan, 2 ming 353 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 3 ming 819 tasiga huquqiy tushuntirish berildi. Masalan, fuqaro G.Abdiganiyeva hisoblangan, lekin to‘lab berilmagan ish haqini undirish haqidagi sud qarori ijrosini ta’minlab berishni so‘rab murojaat etgan.
Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining 2024 yil 28 maydagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligidan murojaat egasi foydasiga 17,5 million so‘m ish haqi undirish belgilangan.
Murojaatni o‘rganish davrida, Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan harakatlar natijasida sud qaroriga asosan undirilishi lozim bo‘lgan ish haqi undirib berildi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri.