Xu’sh barcha talabalar bir formada kiyinishi shartmi? U yanada majmuran bu’lsa?!

Yurtimizdagi ayrim OTM larda talabalarga majburiy forma kiyish yòlga qòyilayotgani ma’lum bòlgan edi. Unda talabalarni maxsus forma kiyishga majburlashgan va natijada studentlar hamda ularning ota-onalari bunga keskin noroziliklar bildirishgan.

Jahonning nufuzli òquv yurtlari ta’lim tizimini eng yuksak chòqqilarga olib chiqayotgan bir paytda  asosiy diqqat-e’tiborni talabaning kiyinishiga qaratishi, hatto maxsus forma òylab topib, uni kiyishga majburlashi juda achinarli holat.

Hatto, talabalar uchun maxsus forma tashkil qilinib, ushu formada kelishlari aytilib, mazkur forma uchun 250 ming sòm miqdorida pul sòralib, agarda forma kiyishdan bosh tortishsa, òqishdan haydalishlarini aytib ogohlantirishgan holatlar ham ku’zatilgan.

Talabalardan forma majburiy bòlishi haqida qanday fikrda ekanligi sòralganda kòpgina talabalar bunga salbiy fikr bildirishgan.

Biz Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti talabalaridan majburiy forma haqidagi fikr-mulohazalarini òrganishga harakat qildik. Bunga kòra talabalarning aksariyati forma majburiy  bòlishiga qarshi.

Masalan, QDU ning òzbek filologiyasi 1-kurs talabasi Rahmonberganova Ruxshonaga “Agar universitetda majburiy forma joriy qilinsa, bunga qanday munosabat bildirgan bòlardingiz?” deya savol berilganda, u: “Bunga majburlash notòğri  ish deb òylayman. Chunki talabani kiyinishidan kòra uning darslarni òzlashtirishi muhimroq. Shuning uchun formaga yana ortiqcha xarajat qilgandan kòra , pulni  foydaliroq ishga sarflagan ma’qul, menimcha”

Bu kabi savol QMU ning san’atshunoslik fakulteti talabasi Qurbonboyeva Sarvinozga berilganda u quyidagicha  javob berdi: “ ijobiy bòlmagan bólardi menimcha. Lekin forma stili va dizayni talabga javob bersa, narxi ham hamyonbop bòlsa bunga qarshimasman”

Umumiy jihatdan olib qaraydigan bòlsak, oliygohlarda kiyinish madaniyatiga  intizomli bòlish yaxshi. Ayniqsa, xotin-qizlarimiz ochiq-sochiq kiymasligi, haddan tashqari kalta va tor kiyim kiymasligini nazorat qilish kerak.

Ushbu mavzu buyicha fikr-mulohozalaringizni bilmoqchimiz.

 

           Gulnoza Ro’zimova,

QDU, Jurnalistika mutaxassisligi 4-bosqich talabasi.

Qoraqalpogiston axborot agentligi