Avval xabar berganimizdek, “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida ishtirok etib, narx-navoning nima sababdan oshganligi, qachon avtomobil narxlarining pasayishi va tizimdagi boshqa holatlar yuzasidan ma’lumot bermoqda.
Sh.Umurzoqov 1-avgustdan tizimda ishlab chiqarilayotgan mashinalar narxi nega oshganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tizimda yig‘ilib kelgan 22 yillik muammo sabab narxlar oshirilayotgan ekan. Muammolar bartaraf etilgach, 2019-yilda, albatta, narxlar tushirilishiga yana bir bor va’da berdi.
Buning uchun Sh.Umurzoqov xalqdan chin dildan UZR SO’RADI.
O‘zA