ONLAYN: Narx oshsa, 85 foiz to‘lov qilganlar qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshiradimi?

“O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov ishtirokidagi Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi davom etadi.
Avvalgi xabarimizda “O‘zavtosanoat” raisi shu yilning 1-avgustidan mashinalar narxi oshishi haqida rasmiy ma’lumot berganini ma’lum qilgan edik.
Agar 1-avgustdan narx oshsa, ilgari avtomobil xarid qilish uchun 85 foiz to‘lov qilgan xaridorlar qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshiradimi, degan savolga “O‘zavtosanoat” raisi izoh berdi:
“Avval to‘lov qilgan xaridorlar eski narxlarda avtmashinalarni oladilar. Ular qo‘shimcha to‘lovni amalga oshirmaslik bilan birga, ular shartnomada keltirilgan kunda – o‘z vaqtida mashinalarini olishadi”, dedi Sh.Umurzoqov.
Bizni kuzatib boring avtomobillar narxlari oshishi yuzasidan aniq xabarlar berishda davom etamiz.

 

O‘zA