Samarqand tumanidagi “Samfruit” MCHJ shaklidagi O‘zbekiston – Shveysariya qo‘shma korxonasida qayta ishlanayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropa davlatlariga eksport qilinmoqda.
2002 yilda faoliyat boshlagan korxona yiliga 10 ming tonna qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash quvvatiga ega. Xorij texnologiyalari asosida quritilayotgan mahsulotlar xomashyo sifatida eksport qilinadi.
– Ayni paytda 50 ga yaqin turdagi mahsulotni eksport qilayapmiz, – deydi korxona muhandis texnologi Vohid Boliyev. – Yevropada mazkur mahsulotlarga talab ancha yuqori. Shu bois mahsulot sifatini yanada yaxshilash va turini ko‘paytirish borasida qator loyihalar ustida ishlayapmiz. Joriy yil yakuniga qadar mahsulot eksportini ikki barobar oshirish rejalashtirilgan.
Alisher Isroilov, (surat) O‘zA