“Bog‘bon”ning qing‘ir ishi fosh bo‘ldi

Samarqand tumani “Yangiobod” MFYda yashovchi 60 yoshni qoralagan fuqaro xonadonida xolislar ishtirokida tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazildi.
Davlat bojxona qo‘mitasining rasmiy saytida keltirilishicha, Samarqand viloyati bojxonachilari ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand tumani “Yangiobod” MFYda yashovchi 60 yoshni qoralagan fuqaro xonadonida xolislar ishtirokida tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazildi.
Unda xizmat iti yordamida xonadondan yashil rangli, o‘tkir hidli, ho‘l holdagi sof og‘irligi 2 kilogramm 68 gramni tashkil etuvchi “kannabis” giyohvandlik o‘simligi va quruq holda o‘ziga xos o‘tkir hidli umumiy sof og‘irligi 77,94 gramm “marixuana”giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
Dastlabki surishtiruv jarayonida ma’lum bo‘lishicha, fuqaro M.M. “ajal” urug‘larini bahor oylarida o‘zi yashash xonadoniga ekib, parvarish qilganligi ma’lum bo‘ldi. Tadbirga jalb etilgan mutaxassislar ham ushbu giyohvandlik o‘simliklari maxsus parvarish qilinganini tasdiqladi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zA