AQSHning CETS kompaniyasi O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligiga tizimda muhim hamkor bo‘lishni taklif qildi

O‘zbekistonga AQSHning CETS kompaniyasi bosh direktori Janina Patrik boshchiligidagi delegatsiyasi tashrif buyurdi.

CETS kompaniyasi vakillari O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligida ham bo‘lib, yuqori sifatli kartoshka urug‘ini yetishtirish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha takliflar, qishloq xo‘jaligiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha masalalarni muhokama qilishdi.

— O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ulkan imkoniyatlarga ega. Biz Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQSHga rasmiy tashrifi chog‘ida vazirlik bilanyuqori sifatli kartoshka urug‘ini yetishtirish bo‘yicha ilmiy va texnologik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzolagandik, – deydi kompaniya bosh direktori Janina Patrik xonim. – Sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish asnosidaistiqbolli hamkorlar bilan uchrashar ekanmiz bu yo‘nalishga katta ishlar boshlanganiga guvoh bo‘ldik. Biz taklif etayotgan texnologiyaning afzallik tomoni shundaki u ortiqcha shart-sharoit talab qilmaydi.Maxsus fototronlarda yetishtiriladigan kartoshka urug‘lari serhosilligi bilan ajralib turadi. Biz yurtingizga bir kunga kelganimiz yo‘q. Bugun texnologiyamiz sotib, shu bilan qaytib ketish niyatida emas. O‘zbekiston bilan uzoq hamkorlik qilishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi Investitsiyalarni jalb etish va ularni monitoringgini yuritish boshqarmasi boshlig‘i Abdumalik Namozov “ikkinchi non” hisoblangan kartoshka urug‘i ayni paytda ko‘p miqdorda xorijdan import qilinayotgani,buboradagi samarali hamkorlik O‘zbekistonni kartoshka urug‘iga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishi yo‘lida tashlangan qadam bo‘lishini ta’kidladi.

 

O‘zA