O‘zbekiston delegatsiyasi Belarus Davlat mulk qo‘mitasiga tashrif buyurdi

 
18-21 iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi boshchiligidagi delegatsiyasi sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilish maqsadida Belarus Davlat mulk qo‘mitasiga tashrif buyurdi.
photo5388849330208745753.jpg
Tashrif davomida “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi vakillari Milliy kadastr agentligi, Belgeodeziya korxonasi, Belgiprozem loyiha instituti, “BelPAS’HAGI“ aerofotogeodeziya korxonasi hamda Minsk mintaqaviy davlat agentligi va yer kadastri agentligi misolida interaktiv xizmatlar ko‘rsatish jarayoni bilan tanishdilar.
Bundan tashqari, Belarus Davlat mulk qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma loyihasi ham muhokama qilindi.
Qo‘mitalar ilmiy texnikaviy, ishlab chiqarish texnologiyalari, qonunchilik sohasidagi yangiliklar, geodeziya va kartografiya sohasidagi yangiliklar, ko‘chmas mulk kadastri, yer tuzish sohalarida o‘zaro ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, shartnoma loyihasidan kelib chiqqan holda tomonlar qo‘shma dastur va hamkorlikdagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, birgalikda tadqiqotlar o‘tkazish, ishlab chiqarish ishlarini olib borish va axborot tizimlarini yaratish, hamkorlikning boshqa yo‘nalishlarini rivojlantirishga qiziqish bildirdi.
“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi raisi hozirgi vaqtda qo‘mita tizimida muayyan o‘zgarish jarayonida ekanligini, turli geoinformatsiyalar va boshqa yuqori texnologiya tizimlari jadal rivojlanayotgani, xodimlarining kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish, o‘zlarining idoraviy o‘quv markazlarini yaratish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish ishlari haqida aytib o‘tdi.
“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi Matbuot xizmati

 

O‘zA