Muzliklardan Orol dengizigacha ekspeditsiya tashkil etiladi

Joriy yil 31 iyuldan 21 avgustga qadar Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston Respublikalari bo‘ylab “Muzliklardan Orol dengizigacha” ekspeditsiyasi tashkil qilinadi. Bu haqida centrasia.ru saytida xabar berildi.

Qator nufuzli xalqaro va xorijiy tashkilotlarning maxsus loyihalari asosida tashkil qilinayotgan ekspeditsiyaga yosh mutaxassislar, magistrantlar, doktorantlar, professorlar hamda jurnalistlar jalb qilinishi belgilangan.

Ekspeditsiya suv sektori bo‘yicha yosh mutaxassislarning har xil tematikalardagi materiallari va faoliyatiga asoslanadi.

Ekspeditsiyada ishtirok etishni istagan jurnalistlar uchun tanlov e’lon qilingan. Tanlovdan o‘tgan ommaviy axborot vositalari vakillari ekspeditsiya tafsilotlarini keng yoritib boradi.

Ekspeditsiya o‘z ishini Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahridan boshlab, Qirg‘iziston va Tojikiston tog‘lari orqali Orol dengizi qirg‘oqlarigacha 3 hafta davom etishi ko‘zda tutilgan.

 

O‘zA