Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 26 iyunda
qabul qilingan
Senat tomonidan 2018 yil 28 iyunda
ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi 510–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan
616–I-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5–6, 97-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda;
2001-yil, № 5, 89-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 260-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil,
№ 12, 383-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) 7-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek kasb-hunar ta’limi muassasalarining va oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilariga”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi 513–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 4-sentyabrda qabul qilingan O‘RQ–394-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 9, 340-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 8-moddaningbirinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 32-moddaningbirinchi qismidagi “olimpiya zaxirasi kollejlari” degan so‘zlar «ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 34-moddaning uchinchi qismidagi“maktabdan tashqari, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
4) 35-moddaning:
birinchi qismidagi“maktabdan tashqari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi” degan so‘zlar “ta’lim” degan so‘z bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi“maktabdan tashqari, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida” degan so‘zlar “ta’lim muassasalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi 625–XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 12-sentyabrda qabul qilingan O‘RQ–375-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 9, 246-modda)
16-moddasi quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Birja bitimi to‘g‘risidagi axborot O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga qonun hujjatlariga muvofiqo‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida uning so‘roviga ko‘ra taqdim etiladi”.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi 746–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan 257–II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9–10, 168-modda; 2003-yil,№ 5, 67-modda; 2005-yil, № 1,
18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda; 2008-yil, № 9, 487-modda, № 12, 636-modda; 2011 yil, № 4, 101-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 4, 218-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 10-moddaning ikkinchi qismidagi“hamda Majburiy ijro byurosi” degan so‘zlar “Majburiy ijro byurosi hamda Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) quyidagi mazmundagi 182-modda bilan to‘ldirilsin:
«182-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning hududiy bo‘linmalari
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (bundan buyon matnda Inspeksiya deb yuritiladi) tashkil etiladi. Inspeksiyaga maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport ta’minoti shart-sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosariga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi.
Inspeksiya boshlig‘ining o‘rinbosarlari Inspeksiya boshlig‘ining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Inspeksiya hududiy boshqarmalarining boshliqlari Inspeksiya boshlig‘ining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi
Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Inspeksiyaning tumanlar (Quvasoy shahar) bo‘limlari boshliqlari Inspeksiya boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Inspeksiya boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari, shuningdek Inspeksiya hududiy boshqarmalarining hamda tumanlar (Quvasoy shahar) bo‘limlarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari ushbu Qonunning 37-moddasida belgilangan prokuror nazorati hujjatlarini qo‘llaydi.
Inspeksiya va uning hududiy bo‘linmalarining tashkil etilishi hamda faoliyati tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi».
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi 768–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 52-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 12, 473-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda) 9-moddasining birinchiqismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi 818–XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan 524–II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 9–10, 138-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda;
2009-yil, № 12, 465-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda, № 12, 452-modda;
2016-yil, № 9, 276-modda) 8-moddasi quyidagi mazmundagi sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida ko‘rib chiqiladigan qonun loyihalarini, boshqa hujjatlarni tayyorlash borasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi devoni tarkibiy bo‘linmalarining, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro hokimiyati organlarining yaqin hamkorligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan qonun ijodkorligi faoliyatidagihamkorligini tashkil etish, shuningdek qonunlarning ijro etilishi ustidan Oliy Majlis palatalari tomonidan parlament nazoratini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ishtirok etishiga ko‘maklashish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili faoliyat ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakilining huquq va majburiyatlari qonun hujjatlarida belgilanadi».
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi 837–XII-sonli Qonuniga(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 221-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4–5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 2000 yil, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda;
2004-yil, № 1–2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda;
2014-yil, № 9, 244-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 9-moddaning ikkinchi qismi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) 79-moddaning matni “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi 841–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan 556–II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004 yil, № 1–2, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 9, 330-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda) 20-moddasining birinchi qismi “Markaziy banki” degan so‘zlardan keyin “Hisob palatasi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentyabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi 913–XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda;
2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2007-yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 12, 350-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015 yil, № 6, 228-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 8, 383-modda, № 9, 510-modda,№ 12, 772-modda) 24-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari bir yilda kamida bir marta o‘z majlisida viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari raislarining tegishli sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati to‘g‘risidagi axborotini eshitadi. Xalq deputatlari Kengashining mazkur masala yuzasidan qarori O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga yuboriladi”;
ikkinchi qism uchinchi qism deb hisoblansin.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentyabrda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi 915–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 22-aprelda qabul qilingan O‘RQ–350-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 96-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 8-moddaning uchinchi qismidagi “yagona darcha” markazlarida» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
2) 10-modda birinchi qismining o‘n birinchi xatboshisidagi “fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisining” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
3) 11-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisidagi “fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisining” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
4) 13-modda:
ikkinchi qismidagi «fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat
va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi» degan so‘zlar “tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitasining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassisi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining:
yigirma uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
yigirma to‘rtinchi va yigirma beshinchi xatboshilari tegishincha yigirma uchinchi va yigirma to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
5) 14-modda birinchi qismining o‘n oltinchi xatboshisidagi “diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
6) 25-moddaning to‘rtinchi qismidagi “fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentyabrda qabul qilingan “Sudlar to‘g‘risida”gi 924–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan 162–II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1–2, 10-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; 2004-yil, № 1–2,
18-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda, № 7, 324-modda;
2009-yil, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 4, 104-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2017-yil, № 4, 136-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 34-modda:
quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
«sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashiga bir yilda kamida bir marta axborot taqdim etadi;
bir oyda kamida bir marta joylarda sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek jamoatchilikni sudning faoliyati to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib boradi»;
to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilari tegishincha o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) 38-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
«sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati to‘g‘risida tegishli xalq deputatlari Kengashiga bir yilda kamida bir marta axborot taqdim etadi;
bir oyda kamida bir marta joylarda sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek jamoatchilikni sudning faoliyati to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib boradi»;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari tegishincha oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentyabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 11, 23-moddalar, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda;
2003-yil, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007 yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011 yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012 yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014 yil, № 9, 244-modda;
2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 4, 224-modda) 391-moddasining birinchi qismiquyidagi mazmundagi 12-band bilan to‘ldirilsin:
«12) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning joylardagi bo‘linmalari – qishloq va suv xo‘jaligi, shuningdek oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablari buzilishi to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha».
13-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996 yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 4–5,
126-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda;
2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda;
2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar;
2007 yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018 yil, № 1, 1,
4-moddalar, № 4, 224-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 1042-modda bilan to‘ldirilsin:
«1042-modda.Qishloq xo‘jaligi mahsulotini va urug‘liklarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish tartibini buzish
Qishloq xo‘jaligi mahsulotini va urug‘liklarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash hamda ulardan foydalanish tartibini, shuningdek agrosanoat majmui sohasida texnologik jarayonlar talablarini buzish –eng kam ish haqining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi o‘simliklariga doir hujjatlarni yuritish qoidalarini buzish yoxud ushbu hujjatlarga urug‘liklarning navlari va ekilish sifatlari to‘g‘risidagi noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritish, –
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yigirma besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, –
eng kam ish haqining o‘ttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi»;
2) quyidagi mazmundagi 1973-modda bilan to‘ldirilsin:
«1973-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlari xodimining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish hamda uning talablarini bajarmaslik
Dalolatnomalarni va boshqa zarur hujjatlarni, materiallarni va ma’lumotlarni taqdim etishni, tekshirishlar, taftishlar o‘tkazishni, mutaxassislar ajratishni rad etishda, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlariga kelishdan, qonunni buzganlik to‘g‘risida tushuntirish berishdan bo‘yin tovlashda ifodalangan tarzda Inspeksiya organlari xodimining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish va uning talablarini bajarmaslik, xuddi shuningdek Inspeksiya organlari xodimining hujjatlarini ko‘rib chiqmaslik yoxud ularni to‘liq hajmda bajarmaslik, shuningdek Inspeksiya organlari xodimining g‘ayriqonuniy qaror qabul qilishiga erishish maqsadida unga qanday shaklda bo‘lmasin ta’sir o‘tkazish, – eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi»;
3) 2152-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«2152-modda. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining ko‘rsatmalari va taqdimnomalarini bajarishdan bo‘yin tovlaganlikda yoki o‘z vaqtida bajarmaganlikda, ma’lumotlar bazasiga kirishga ruxsat bermaganlikda va axborot taqdim etmaganlikda, bila turib noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etganlikda ifodalangan tarzda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyatiga aralashganlik hamdauning mansabdor shaxslariga ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni qonuniy ravishda bajarishiga to‘sqinlik qilish maqsadida har qanday shaklda ta’sir ko‘rsatganlik, – mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi»;
4) quyidagi mazmundagi 2155-modda bilan to‘ldirilsin:
«2155-modda. Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonun hujjatlarini buzish
Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonun hujjatlarining arz qiluvchidan murojaatni qabul qilishni rad etganlikda, davlat xizmatlari ko‘rsatish chog‘ida murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibini va muddatlarini buzganlikda, arz qiluvchidan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilib olganlikda, davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi vakolatli davlat organining qonuniy talabini (topshirig‘ini) bajarmaganlikda ifodalangan tarzda buzilishi, – mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, – mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi»;
5) 2419-modda chiqarib tashlansin;
6) 245-moddaning birinchi qismidagi «2411–24111»raqamlari
«2411–2418, 24110va24111»raqamlari bilan almashtirilsin;
7) quyidagi mazmundagi 2455, 2456va 2457-moddalar bilan to‘ldirilsin:
«2455-modda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi organlari
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi organlariga ushbu Kodeksning 2155-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga quyidagilar haqli:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori va uning o‘rinbosarlari;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi hududiy boshqarmalarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari.
2456-modda. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi
Ushbu Kodeksning 2152-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ko‘rib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.
2457-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlari
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeksning 65, 66, 67, 68, 69-moddalarida (qishloq xo‘jaligi yerlari bilan bog‘liq qismi), 72-moddasida, 74-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 75, 76-moddalarida (sun’iy suv inshootlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslaridan foydalanishga oid qismi), 87-moddasida (qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilishi texnikasiga oid qismi), 89 va 891-moddalarida (qishloq va suv xo‘jaligi, shuningdek oziq-ovqat xavfsizligiga oid qismi), 92-moddasida (naslchilikka oid qismi), 95-moddasida (qishloq xo‘jaligiga oid qismi), 1041, 1042-moddalarida, 107-moddasida (qishloq xo‘jaligiga oid qismi), 112-moddasida, 136, 139, 140, 141-moddalarida (qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilishi texnikasiga oid qismi), 172, 173, 1761-moddalarida (qishloq va suv xo‘jaligi, shuningdek oziq-ovqat xavfsizligiga oid qismi), 1973-moddasida, 200, 212, 213, 214, 22714-moddalarida (qishloq va suv xo‘jaligi, shuningdek oziq-ovqat xavfsizligiga oid qismi) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazolarni qo‘llashga Inspeksiya boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari, Inspeksiya hududiy boshqarmalarining hamda tumanlar (Quvasoy shahar) bo‘limlarining boshliqlari va boshliq o‘rinbosarlari haqlidir»;
8) 266-modda chiqarib tashlansin;
9) 2662 va 2663-moddalar chiqarib tashlansin.
14-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 23 sentyabrda qabul qilingan “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi 2018–XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrda qabul qilingan 444–II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 1, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 12, 604-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda, № 12/2, 362-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 4, 224-modda) 27-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
to‘rtinchi qismidagi “beshinchi va oltinchi qismlarida ko‘rsatilgan” degan so‘zlar “beshinchi qismida ko‘rsatilgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismi chiqarib tashlansin.
15-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 161–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, 1-songa ilova; 1997 yil, № 2, 65-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 112, 124-moddalar, № 9, 229-modda; 2001 yil, № 5, 89-modda, № 9–10, 182-modda; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda; 2009 yil, № 12, 470, 471-moddalar; 2010 yil, № 12, 472-modda; 2012 yil, № 9/1, 238-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 12, 383-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018 yil, № 1, 1-modda) 68-moddasibirinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek kasb-hunar ta’limi muassasalarining va oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilariga”.
16-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan “Naslchilik to‘g‘risida”gi 165–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 12, 255-modda; 1997 yil, № 4–5, 126-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 6-modda chiqarib tashlansin;
2) 7-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining naslchilik sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi:
zotli mollar yetkazib beruvchi korxonalar hamda ularning iste’molchilari tomonidan hayvonlarning sifat (nasldorlik) ko‘rsatkichlari to‘g‘ri aniqlanganligi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
naslchilik zavodlari, naslchilik xo‘jaliklari va naslchilik fermalarini davlat attestatsiyasidan o‘tkazadi;
zotli mollardan oqilona foydalanilishi, hayvonlar va ularning urug‘lari eksport va import qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
chorvachilikda naslchilik ishlarining hisobi yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
davlat, idoraviy va xususiy sektorlardagi chorvachilikda naslchilik ishlari bo‘yicha mutaxassislar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
qishloq xo‘jaligi hayvonlarini zoti bo‘yicha rayonlashtirish rejalarining bajarilishini tekshiradi;
nasldor hayvonlarning, naslchilik xo‘jaliklarining va podalarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini, seleksiya jarayonida foydalanadigan naslchilik resurslarining kelib chiqishi, mahsuldorligi hisobga olinishining, turi va boshqa sifatlari bo‘yicha baholanishining ishonchliligita’minlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
chorvachilikda naslchilik ishlari xo‘jaliklariga yer uchastkalari ajratilishi va ulardan samarali foydalanilishi, omuxta yem korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari ustidan nazoratni amalga oshiradi;
naslchilik mahsulotini (materialini) yetishtirish va uning texnologik jarayonlarini tashkil etish muvofiqlashtirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi»;
3) 8-modda chiqarib tashlansin;
4) 9-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlari xodimlarining huquqlari
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlarining xodimlari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
idoraviy mansubligidan qat’i nazar naslchilik tashkilotlariga moneliksiz kirish va ulardan zarur axborotni olish;
naslchilik tashkilotlariga qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berish va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, naslli mahsulotni (materialni) realizatsiya qilishni to‘xtatib turish;
hayvonlar seleksiyasi, naslli mahsulotni (materialni) takror ko‘paytirish sohasida yangi texnologiyalarning va biotexnologiya usullarining qo‘llanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
naslli mahsulotning (materialning) sertifikatsiz realizatsiya qilinishiga va undan boshqacha tarzda foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
naslchilik subyektlari o‘rtasida yuzaga keladigan nizolar bo‘yicha xulosalar berish.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlarining xodimlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin»;
5) 11-moddaning beshinchi xatboshisidagi “chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyasiga” degan so‘zlar “Qishloq xo‘jaligi vazirligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 16-moddaning to‘rtinchi qismidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 21-moddaning ikkinchi qismidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 22-moddaning uchinchi qismidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin».
17-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan “Xorijdan mablag‘ jalb qilish to‘g‘risida”gi 263–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 9, 126-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013 yil, № 12, 350-modda) quyidagi mazmundagi 91-modda bilan to‘ldirilsin:
«91-modda. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining davlatning xorijdan mablag‘ jalb qilish sohasidagi vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
davlatning xorijdan mablag‘ jalb qilish hajmlarini va uning maqsadga muvofiqligini baholash, davlatning xorijdan mablag‘ jalb qilish bo‘yicha olinadigan mablag‘lardan samarali hamda oqilona foydalanilishi, shuningdek davlat tashqi qarzlariga o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish;
davlatning xorijdan mablag‘ jalb qilishi hisobidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining maqsadga muvofiqligi va asoslanganligini baholash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar».
18-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi 267–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 9, 130-modda; 1997 yil, № 4–5, 126-modda; 1999 yil, № 5, 124-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 157-modda; 2007 yil, № 12, 605-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 7-moddaning ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘ining sifatini sertifikatlash va nazorat qilish davlat markazi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi «Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 15-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«15-modda. Urug‘liklarni sertifikatlashtirish va ularning sifatini nazorat qilish davlat organi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning hududiy bo‘linmalari urug‘liklarni sertifikatlashtirish va ularning sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat organidir»;
3) 16-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«16-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining urug‘chilik sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi:
asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlari (paxta va g‘alla) uchun ajratilgan ekin maydonlarini muntazam nazorat qiladi, ekin maydonlarining ishlab chiqaruvchilar – fermer xo‘jaliklari va boshqa xo‘jaliklar, tumanlar va viloyatlar tomonidan qabul qilingan hamda tasdiqlangan shartnoma majburiyatlariga muvofiqligi bo‘yicha tanlab tekshirishlarni amalga oshiradi;
paxta va don ekinlarining urug‘liklari sifati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining genetik sofligi va ushbu ekinlar urug‘liklarining sifati sohasidagi davlat siyosatining ijro qilinishi, qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini joylashtirish, rayonlashtirish va navli urug‘liklar tayyorlash rejalarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
yuqori sifatli elita urug‘liklarni, birinchi va keyingi reproduksiyalardan hosil qilingan urug‘liklarni yetishtirish, urug‘liklarni davlat standartiga, mavjud yo‘riqnomalar va qoidalarga rioya etilgan holda tejab sarflash ustidan nazoratni amalga oshiradi;
qishloq xo‘jaligi ekinlari aprobatsiyasi to‘g‘ri o‘tkazilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining mahalliy va xorijiy seleksiya navlarining, shu jumladan biotexnologik navlarning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish hamda rivojlantirish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
tarmoq korxonalari tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘liklarini tayyorlash, qayta ishlash va saqlash bo‘yicha normativ talablarning xalqaro standartlar va texnik reglamentlarga muvofiq ishlab chiqilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
ishlab chiqarishda kimyoviy preparatlarning samarali qo‘llanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
sertifikatlashtirilmagan va davlat standartiga javob bermaydiganurug‘liklarning tarqatilishini taqiqlaydi;
ekinlar bo‘yicha urug‘lar arxivining tarkibi va urug‘lar arxivlarining yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin»;
4) 17-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«17-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlari xodimlarining huquqlari
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlarining xodimlari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
sifat ko‘rsatkichlarining to‘g‘riligini va davlat standartlariga muvofiqligini tekshirish maqsadida zarur tahlillar o‘tkazish uchun urug‘liklarning namunalarini tanlab olish;
urug‘liklarning himoya qilinadigan navlaridan g‘ayriqonuniy ravishda foydalanilishini taqiqlash;
har qanday urug‘lik yetishtiruvchining, urug‘lik yetkazib beruvchining va savdo tashkilotining hududiga kirish;
urug‘chilik dalalariga hamda urug‘liklarning turkumlariga doir zarur axborot, hujjatlar va namunalarni olish;
qonun hujjatlarini buzgan holda urug‘likni yetishtirish, saqlash va sotish hollarini to‘xtatib qo‘yish yoki taqiqlash;
muvofiqlik sertifikati va fitosanitariya yoki karantin sertifikati mavjud bo‘lmasa, urug‘liklar turkumlarining tashilishini taqiqlab qo‘yish;
muvofiqlik sertifikati, fitosanitariya yoki karantin ruxsatnomasi bo‘lmagan urug‘liklarni boshqa davlatlardan respublikaga olib kirishga yo‘l qo‘ymaslik;
qishloq xo‘jaligi ekinlarining navini yangilash va navlarni joylashtirish tartibini buzganlik uchun xo‘jaliklarning rahbarlariga va boshqa mas’ul shaxslarga nisbatan choralar ko‘rish.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlarining xodimlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin».
19-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi 270–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 29 avgustda qabul qilingan 395–II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 9, 156-modda; O‘zbekistonRespublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011 yil, № 12/2, 364-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda) 4-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (bundan buyon matnda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar deb yuritiladi) talabnomada ko‘rsatilgan seleksiya yutuqlarining patentga layoqatliligini ekspertizadan o‘tkazadi».
20-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dekabrda qabul qilingan “Notariat to‘g‘risida”gi 343–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 2, 42-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda; 2006 yil, № 9, 498-modda; 2007 yil, № 12, 608-modda; 2009 yil, № 9, 337-modda; 2010 yil, № 9, 335-modda; 2012 yil, № 4, 105-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 4, 224-modda) 6-moddasining uchinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiningzimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida uning so‘roviga ko‘ra taqdim etiladi”.
21-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12 mayda qabul qilingan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi 222–ii-sonli Qaroriga(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 6–7, 105-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda; 2007 yil, № 7, 323-modda, № 9, 416-modda; 2009 yil, № 9, 330-modda; 2010 yil, № 9, 335, 341-moddalar, № 12, 470-modda; 2011 yil, № 12/2, 364-modda; 2012 yil, № 4, 105-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda; 2014 yil, № 12, 343-modda; 2018 yil, № 1, 4-modda) 1-ilovaning qirq beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyat”.
22-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi 436–II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 12, 217-modda; 2003 yil, № 9–10, 149-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 6, 262-modda; 2008 yil, № 9, 481-modda, № 12, 630-modda; 2009 yil, № 12, 470-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda) 13-moddasining birinchi qismidagi “umumta’lim maktablarida, o‘rta maxsus va o‘rta kasb-hunar ta’limi muassasalarida” degan so‘zlar “umumta’lim maktablarida va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
23-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi 522–II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 9–10, 136-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008 yil, № 12, 637-modda; 2009 yil, № 4, 136-modda; 2011 yil, № 4,101-modda; 2013 yil, № 4, 95-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda, № 5,130-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda) 15-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
sakkizinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mas’ul qo‘mita qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash chog‘ida qonun loyihasining moddama-modda muhokamasini o‘tkazadi, kelib tushgan fikrlar va takliflarni umumlashtiradi”;
o‘n ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqish chog‘ida muhokama moddama-modda o‘tkaziladi. Bunda mas’ul qo‘mita tomonidan ma’qullangan fikrlar va takliflar ham, ma’qullanmagan fikrlar va takliflar ham muhokama qilinadi. Qonun loyihasi bo‘yicha ovoz berish, qoida tariqasida, moddama-modda o‘tkaziladi. Qonunchilik palatasining qaroriga ko‘ra qonun loyihasi bo‘yicha ovoz berish boblar yoki bo‘limlar bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin”.
24-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi 523–II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 9–10, 137-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda; 2009 yil, № 4, 136-modda;
2011 yil, № 4, 101-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil,№ 9, 276-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1,4-modda, № 4, 224-modda) 7-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Senatda byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi, qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi, xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi, fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi, yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi, agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi tuzilishi shart. Senatda boshqa qo‘mitalar ham tuzilishi mumkin”.
25-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 2 oktyabrda qabul qilingan “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi O‘RQ–117-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 10, 472-modda; 2014 yil, № 12, 343-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 4-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Avtomobil yo‘llari sohasida davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, avtomobil yo‘llari sohasidagi maxsus vakolatli organ (bundan buyon matnda maxsus vakolatli organ deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi»;
2) 6-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Maxsus vakolatli organ:
avtomobil yo‘llari sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshiradi;
avtomobil yo‘llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilaydi;
avtomobil yo‘llarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
avtomobil yo‘llarini loyihalash sohasidagi normalar va standartlarga rioya etilishini ta’minlaydi;
avtomobil yo‘llarining xalqaro tranzit yo‘laklarini shakllantiradi;
avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish, loyihalash, qurish, ta’mirlash va ulardan foydalanish tartibi masalalari kompleks hal etilishini ta’minlaydi, shuningdek buyurtmachi xizmatining faoliyatini tashkil etadi;
avtomobil yo‘llarining hududiy arxitektura-badiiy tuzilishiga va landshaft dizayniga taalluqli zamonaviy yondashuvlarni shakllantirish hamda amalga oshirish bo‘yicha yagona davlat siyosatini o‘tkazadi;
avtomobil yo‘llariga tutash hududlarni transportning ifloslantirishidan va tashlanmalaridan muhofaza qilishning zamonaviy usullari hamda texnologiyalarini joriy etadi;
avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sifati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining davlat kadastrini yuritadi;
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarining hisobi yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarining mavjud tarmog‘i saqlanishini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiradi, ularning holati tegishli transport-foydalanish darajasida bo‘lishini ta’minlaydi;
avtomobil yo‘llari sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, saqlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishda innovatsion texnologiyalarni, shuningdek zamonaviy standartlarni joriy etadi;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxati bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
avtomobil yo‘llari sohasida kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan xorijda o‘quv stajirovkasi va seminarlar o‘tkazilishini tashkil etadi.
Maxsus vakolatli organ qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin»;
3) quyidagi mazmundagi 61-modda bilan to‘ldirilsin:
«61-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining avtomobil yo‘llari sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi:
yo‘l qurilishi, yo‘l-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishini nazorat qiladi;
qurilishi tugallangan yo‘l obyektlarini foydalanishga qabul qilish komissiyalarining ishida ishtirok etadi;
avtomobil yo‘llari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tegishli normativ hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflar kiritadi;
yo‘l-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini standartlashtirish hamda sertifikatlashtirishga doir ishlarni amalga oshiradi;
avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarning murojaatlariga ko‘ra yo‘l obyektlarining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlaydi;
yo‘l obyektlaridan foydalanishga doir ishlarning sifatli bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin»;
4) 7-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning ko‘chalarini rivojlantirish hududiy dasturlarini maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalari tarmoqlarini rivojlantirish hamda takomillashtirish istiqbollarini maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan xolda belgilaydi;
shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlar va ovullarning transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning ko‘chalarini loyihalashtirish sohasidagi normalar hamda standartlarga rioya etilishini ta’minlaydi;
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning ko‘chalarini saqlashni ta’minlaydi;
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarining hisobini yuritadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin»;
5) 13-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi”;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning ko‘chalarini moliyalashtirish mahalliy byudjet mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi”;
6) 20-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llaridan, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning ko‘chalaridan foydalanish tartibi maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi”.
26-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 25 dekabrda qabul qilingan O‘RQ–136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, 12-songa 1-ilova; 2008 yil, № 12, 639-modda; 2009 yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010 yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 9, 248-modda, № 12/2, 364, 365-moddalar; 2012 yil, № 4, 106-modda, № 9/1, 238-modda, № 12, 334, 336-moddalar; 2013 yil, № 10, 263-modda, № 12, 349-modda;
2014 yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, № 8, 312-modda, № 12, 452, 454-moddalar; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 384, 385-moddalar; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772, 773-moddalar;
2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda) 30-moddasining beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bosh boshqarmalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining muassasalari hamda «Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining nazorat funksiyalarini amalga oshirish uchun ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan ozod qilinadi, bundan yagona ijtimoiy to‘lov mustasno».
27-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 7 yanvarda qabul qilingan “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–139-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008 yil, № 1, 1-modda; 2009 yil, № 12, 471-modda; 2016 yil, № 12, 383-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 23-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat bolaning bepul majburiy umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim olishini kafolatlaydi”;
2) 271-moddaning birinchi qismidagi“kasb-hunar” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
28-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2010 yil 29 sentyabrda qabul qilingan “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ–263-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010 yil, № 9, 343-modda; 2016 yil, № 12, 383-modda;
2017 yil, № 9, 510-modda) 13-moddasi birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “kasb-hunar” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
29-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 6 yanvarda qabul qilingan “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘RQ–319-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012 yil, № 1, 5-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda;
2015 yil, № 8, 312-modda; 2017 yil, № 4, 137-modda; 2018 yil, № 1, 4-modda) 18-moddasi birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “yagona darcha” markazlariga» degan so‘zlar “Davlat xizmatlari markazlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
30-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013 yil 26 dekabrda qabul qilingan O‘RQ–360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013 yil, 12-songa 1-ilova;
2014 yil, № 9, 244-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 6, 300-modda; 2018 yil, № 1, 1-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 63-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “olimpiya zaxiralari kollejlari” degan so‘zlar “ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 72-modda 1-bandining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tumanlar (shaharlar) madaniyat bo‘limlari tasarrufidagi madaniyat muassasalarini, tumanlar (shaharlar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari tasarrufidagi jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyatni, jismoniy tarbiya va sportni, bolalar musiqa va san’at maktablarini rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari”;
3) 174-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti loyihasi parametrlari shakllantirilishini va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ustuvorliklariga ularning muvofiqligini tizimli tahlil qilishni;
qabul qilinayotgan davlat dasturlari va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanganligi auditini;
byudjet tizimi byudjetlariga hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarga mablag‘lar tushumining to‘liqligini o‘rganish va nazorat qilishni;
byudjet tizimi byudjetlarining hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning daromadlarini ko‘paytirish zaxiralarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali aniqlash va safarbar qilishni;
byudjet tizimi byudjetlarining hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning amalga oshirilayotgan xarajatlari samaradorligini va qonuniyligini auditdan o‘tkazishni, barcha darajalarda ularni qisqartirish bo‘yicha zaxiralarni aniqlashni;
byudjet tizimi byudjetlari mablag‘lari va davlatdan qarz olish hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining maqsadga muvofiqligini va asosliligini baholashni;
soliq va byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqishni, byudjetga oid rejalashtirishning zamonaviy usullarini tizimli qoidabuzarliklarning sabablarini, shuningdek xalqaro tajribaniumumlashtirish va o‘rganish orqali joriy etishni;
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti va Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari o‘rtasidagi nisbat maqbulligini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining daromadga oid vakolatlari va xarajatlarga doir majburiyatlari chegaralanishining to‘g‘riligini baholashni, ularning moliyaviy jihatdan o‘zini o‘zi ta’minlashi yuzasidan takliflar ishlab chiqishni;
O‘zbekiston Respublikasi pul-kredit va valyuta siyosatining, O‘zbekiston Respublikasi aktivlari va majburiyatlari holatining, oltin-valyuta zaxiralarini boshqarishning, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning tashqi auditini amalga oshiradi».
31-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 2 yanvarda qabul qilingan “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi O‘RQ–364-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014 yil, № 1, 1-modda; 2016 yil, №12, 383-modda;
2017 yil, № 6, 300-modda) 32-moddasi birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“o‘z vasiyligidagi shaxsning maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim olishi uchun sharoitlarni ta’minlashi”.
32-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentyabrda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ–406-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016 yil, № 9, 271-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda)
23-moddasi birinchi qismining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«bepul umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim olish;
davlat ta’lim muassasalarida davlat grantlari doirasida bepul kasb-hunar va oliy ta’lim olish».
33-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 7 sentyabrda qabul qilingan “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘RQ–443-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017 yil, № 9, 507-modda; 2018 yil, № 4, 224-modda) 11-moddasining birinchi qismidagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi” degan so‘zlar “Kasb-hunar ta’limi markazi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
34-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
35-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining
Prezidenti Sh. Mirziyoyev