Budapesht shahrida davom etayotgan 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 8-tur o‘yinlari yakunlandi.
8-tur o‘yinlarining erkaklar musobaqasida O‘zbekiston – Serbiya jamoasi bilan kuch sinashdi.
Murosasiz bahslarda Nodirbek Yoqubboyev, Javohir Sindorov va Shamsiddin Vohidov raqiblari bilan durangga erishdi. 1-shaxmat taxtasida harakatlangan Nodirbek Abdusattorov raqibini mag‘lub etishi hamyurtlarimizga qimmatli ochkoni taqdim etdi va umumiy ochkolar sonini 14 taga yetkazishiga olib keldi.
Shu tarzda mamlakatimiz milliy terma jamoasi 14 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Ayollar o‘rtasidagi musobaqada ruhiy bosim ostidagi o‘yinda hamyurtlarimiz AQSH shaxmatchilariga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz 11 turdan iborat shaxmat olimpiadasi bahslari 22 sentyabrgacha bo‘lib o‘tadi.